Bahor nafasi Namanganni chiroyga burkaydi! 25-maydan 29-iyungacha "64-Xalqaro Gullar Festivali" sizga yorqin gullar, ajoyib tadbirlar va unutilmas taassurotlar olamini taqdim etadi! Festival dasturi – har kuni qizg‘in tadbirlar! 🔹 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilgan shahar 🔹 Jahon va milliy estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar 🔹 Fashion Week 2025 – yirik modalar haftaligi 🔹 Xalqaro va mahalliy sport musobaqalari 🔹 Ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar 🔹 Kattalar va bolalar uchun spektakllar va sirk tomoshalari 🔹 Xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmalari 🔹 Kulgu kechalari 🔹 “Dunyo taomlari Namanganda” – gastronomik turizm tadbirlari 🔹 "Lavanda sayli" va dron-shoular Gullarning sehri va bahor nafasi sizni kutmoqda! Festival quvonchini o‘tkazib yubormang! 📅 25-maydan 29-iyungacha Namanganda uchrashguncha!
Namangan viloyati Turizm boshqarmasi
O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi Namangan viloyat Turizm boshqarmasi. Manzil: Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Tinchlik ko'chasi 3-uy
Namangan viloyati diqqatga sazovor joylari