Joriy yilning 24-25-iyun kunlari "Munduz tourist" turistik kompaniyasi tomonidan Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarining turizm sohasi vakillari uchun ikki kunlik infotur tashkil etildi. Joriy yilning 24-25-iyun kunlari "Munduz tourist" turistik kompaniyasi tomonidan Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarining turizm sohasi vakillari uchun ikki kunlik infotur tashkil etildi. Infotur davomida O‘sh viloyatida joylashgan 1949-yilda tashkil etilgan Sulayman tog‘i - G‘or muzeyi, Zahiriddin Muxammad Bobur uyi, "Chiyirchik" perevali, Alay tumani hokimi tuman darvozasida qirg‘iz milliy taomlari bilan delegatsiyani kutib oldi. Shuningdek, delegatsiya Gulcho qishlog‘ida Qirg‘iz milliy taomlarini ta’tib ko‘rish uchun "Boobek"ka tashrif buyurdi. Ak-Bosogo qishlog‘ida joylashgan "Pamir Paradase by Munduz" dam olish maskani bilan tanishtirib qirg‘iz milliy uylari (o‘tov)da Farg‘ona vodiysidan tashrif buyurgan turbiznes vakillari bilan ikki tomonlama kelishuvlar amalga oshirildi. Infoturni ikkinchi kinida Buyuk ipak yo‘li, dengiz sathidan 3588,7 metr balandlikdagi Taldik yo‘lida sayr, "Pamir Alay", Sari-Tash qishlog‘ida joylashgan Pamir Buyuk tog‘lari, ochiq tabiat qo‘ynida qirg‘iz milliy taomlaridan tatib ko‘rildi.