Qurbon hayiti arafasidagi ulug‘ ayyom kunlarida hamjihatlik, birdamlik va yakdillik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi oliy qadriyatlarimiz yanada keng quloch yozmoqda. Qurbon hayiti bayrami arafasida viloyat Madaniyat va turizm boshqarmasi boshlig‘i Komiljon Siddiqov madaniyat sohasida ko‘p yillar mehnat qilgan ustozlarni hamda To‘raqo‘rg‘on tumani Toshkent MFY hududida yashovchi nogironligi bo‘lgan yoshlardan xonadonlariga borib, holidan xabar olindi va bayram sovg‘alari topshirildi.