Manzili: Namangan shahri, Davlatabot tumani, O`rta G`irvon MFY, Hamid Olimjon ko`chasi
Davri: Aniq emas
Maydoni: 5850,00 (kv.m)
Ob'ekt tarixi: Namangan shahrida “O‘rta g‘irvon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida anhor bo‘yida O‘n bir Ahmad nomi bilan ataluvchi qadimiy maqbara bor. Bu maqbara yillar osha shu yerda yashaydigan mahalliy xalq tomonidan ardoqlanib kelinadi. Maqbaradan yuz metrlar oralig‘ida katta maydonni egallagan katta qabriston ham mavjud. Yangi arig‘ barpo bo‘lmasdan avval maqbara va qabristonni bir-biriga tutash bo‘lgan.
Bu maqbara va unga yondosh bo‘lgan qabriston haqida haligacha to‘liq ma'lumotlar to‘plangan emas. Keksa otaxonlarning so‘zlariga qaraganda ya'ni og‘izdan-og‘izga ota bobolardan eshitib kelinayotgan ma'lumotlariga ko‘ra G‘irvon qishlog‘ida bir tepalik bo‘lib, uning orqasida katta tekislik, sayxonlik bo‘lgan. Tekislik o‘rtasida bir tup azim chinor bo‘lib unig tagida esa tiniq buloq suvi otilib turgan ekan. O‘tgan - ketgan yo‘lovchilar buloq suvidan ichib, chanqoqlarini bosishar, chinor soyasida dam olib, so‘ng yana yo‘llarida davom etishar ekan.
O‘n bir Ahmad ziyoratgohiga insonlar hayotlaridagi turli muammolarini jumladan, farzand talablar va turli kasallar kelishadi. Ayniqsa, tuzalmayotgan turli yaralarga bu joyni tuprog‘i malham deb bilishadi.
O‘tmishda so‘fiylar bu yerda zikri jahr qilganlar. Ziyoratgoh yaqinida O‘n bir Ahmad qumi deb ataluvchi qum-tuproq maydoni mavjud. Rivoyatga ko‘ra, podshoning yolg‘iz qizi kasalga chalinibdi. Shunda podshoh qizini davolash uchun Arabistondan shifobaxsh qumni olib keltirishni tabiblarga topshirq beribdi. Tabiblar qumni olib kelganlarida podshohning qizi vafot etgan ekan. Shunda ular podshohdan qumni endi qaerga tashlaylik deb so‘rashsa, podshoh “O‘n bir Ahmadning yoniga tashlanglar” debdi. O‘sha-o‘sha O‘n bir Ahmad mozori oldidagi qumlik shifobaxsh xususiyatiga ega bo‘lib, kimki kelib unga tushsa dardidan xalos bo‘lar ekan.
O‘n bir Ahmad maqbarasi tarixi haqida so‘z ketar ekan avvalo Ahmad ismi, uning ma'nosi haqidagi ma'lumotlarni o‘rganib chiqamiz.
Ahmad ismi arabcha bo‘lib, hamd so‘zidan olingan.
Ahmad ismi hamd aytdi, shukr qildi, maqtovliroq, maqtovga sazovar degan ma'nolarini anglatadi. Ahmad - maqtovga loyiq.
Ahmad bu payg‘ambarimiz Muhammad (S.A.V)ning ismlaridan biri ya'ni Ahmadi Mursal - Olloh tomonidan bandalariga jo‘natilgan ma'nosidadir.
Ziyoratgoh nomi O‘n bir Ahmad deganda o‘z-o‘zidan bu joyda O‘n bir Ahmad bormi yoki O‘n birinchi Ahmad maqbarasimi degan savollar tug‘ilishi tabiiy.
Islom olamida islom dini asoschisi bo‘lgan Muhammad (SAV)ning yana bir nomlari Ahmaddir. Buni ilg‘ash qiyin emas. Chunki shariatni yaxshi bilgan va islom tarixi, payg‘ambarlar va sahobalar hayotini chuqur o‘rgangan ajdodlarimiz, tasavvuf ahli o‘z ijodlarida, she'riyatlarida, mavlud oylarida o‘qiladigan mavlud o‘qish marosimlarida payg‘ambarimiz Muhammad (SAV)ga bag‘ishlab yozilgan na'tlarida Ahmad nomini ko‘p uchratamiz.
Jumladan, Yormuhammad Muxlis Namangoniy, Abdulaziz Hasanxo‘ja o‘g‘li Majzub Namangoniy ijodida juda ko‘p ollohga va payg‘ambarimiz Muhammad (SAV) bag‘ishlab yozilgan na'tlar bor.
Balansda saqlovchi: Namangan viloyat Madaniy Meros obyekti
Bog`lanish: Qodirov Muhammad 97 -258-04-02