Loading...

Matbuot xizmati -- -- 30 ko`rildi

Manzili: Pop tumani, Xazrati Bob MFY, Xazrati Bob ko`chasi
Davri: Aniq emas
Maydoni: 0.60 ga
Ob'ekt tarixi: Ba'zan ajdodlardan kelajak avlodlarga meros bo‘lib qolgan bir sahifagina ma'lumot ham tariximizning qay bir bo‘lagini aniqlashtirish, yashab o‘tgan qaysidir bobo va momomiz haqidagi eng mo‘'tabar manbaga aylanadi va ko‘zga to‘tiyo qilishga arziydi.Abdurahmon Jomiy «Nafohat ul-uns…» tazkirasida Muhammad (s.a.v.) zamonlaridan to XV asrning ikkinchi yarmiga qadar islom olamida yashab, nom chiqargan 616 shayx hayoti va faoliyati haqida ma'lumot berib o‘tadi. ALIShER Navoiy “Nasoyim ul muhabbat...”ga yana 154 shayx haqidagi ma'lumotlarni kiritadi. Shu keyingi tazkirada 359 shayx sifatida bob Farg‘oniyga baho berib o‘tiladi. Bob Farg‘oniy qaddasallohu sirrahu. Oti Umardir. Farg‘onada bulur edi.Ul yerda ulug‘ mashoyiqni “bob” derlar. Parchadan bu zotning oti Umar ekanini bilib oldik. Demak, bu kishini to‘liq holda “Bob Umar Farg‘oniy” deb tilga olishimiz mumkin. Bob”lar kim bo‘lgan? Yassaviy tariqati pirlari nomlari manbalarda ham, xalq tilida ham, ananaga ko‘ra, “ota” so‘zini qo‘shish orqali tilga olinadi. Poplik avliyoning nomini Navoiy “Farg‘oniy ota” deb emas “Bob Farg‘oniy” deb keltiryaptimi, bilingki, bu kishi yassaviy tariqati pirlaridan emas. Endi “bob” so‘zi bu yerda qaysi ma'noda ishlatilganligini aniqlab olishimiz lozim. Buning uchun “Nasoyim ul muhabbat...” da bu so‘z necha bor ishlatilgani-yu qaysi ma'nolarda qo‘llanganini ko‘rib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Keltirilgan parchaning o‘zidayoq Navoiy: “Ul yerda ulug‘ mashoyixni “bob”derlar”, - degan jumla orqali Farg‘ona taraflarda avliyo kishilar “Bob” deyilishini ta'kidlab o‘tgan. Hush, shayxlar faqat farg‘onadagina “bob” deyiladimi? Qiziq jihat shundan iboratki, Rum, ya'ni Turkiyada ham, xuddi farg‘onaliklarga o‘xshab, shayxlarni “bob” deyishar ekan. Bu haqda “Nasoyim ul muhabbat...” ning Qozi Hamiddun Noguriy “otfiqrasida o‘qiymiz: “Hamono andoqki, kuprak akobirni Xurosonda “shayx” derlar va Samarqandda ” “xoja” va rumda “bob” va hindda “qozi derlar” Bu tazkirada Xoja Ahmad Yassaviyga kichikligida tarbiya bergan yana bir shayx , ya'ni bob Xusayn to‘g‘risida ham ma'lumot berib o‘tiladi. Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi Bozorqo‘rg‘on tumani hududida Arslon Bob degan shayxning qabri bor. Bu yer muqaddas ziyoratgohlardan biri hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda Arslon Bob XI asrda yashagan Xoja Ahmad Yassaviyning dastlabki piri bo‘lgan.Bu maskan uning nomi bilan ataladi, bu yerdan oqib O‘tadigan soy “Arslonbobsoy” deyiladi. Xalq tilida bu avliyoni “Arslon bob ota ” deyishadi. Shayxlarni “bob” deyishda so‘zning qaysi ma'nosiga suyanilgan? Buni ilmiy aniqlash kerak. Tilda “bob” shakliga ega bo‘lgan bir necha so‘z bo‘lgan, ya'ni bu omonim shakl hisoblanadi. Shunga ko‘ra, hozircha qo‘yidagi bazi taxminlarimizni bayon etishimiz mo‘mkin, xalos: “bob” so‘zi “ota” ma'nosini anglatib ham kelgan.
Balansda saqlovchi: Namangan viloyati Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish : Qodirov Muhammad 97 -258-04-02