Manzili: Chortoq tumani, Chodak qishlog`i, Boyon MFY
Davri: Aniq emas
Maydoni: 4500 m2
Tarixi:
Chur-chur momo yoki Onaning ko‘z yoshlari ziyoratgohi XIX asr Chodakning kunchiqarida “Oftobcha” oromgohining pastidagi soy labida joylashgan. Ismoil Otoyi Sayramdan chiqib, bir qancha askarlari bilan urush kiyimda harb qilib kelar ekanlar, Oqtov etagidagi Aroshonbuloq yonida o‘n ikki joyidan o‘q yeb, qulaydilar. Askarona kiyingan singillari chirillab yig‘lab yuboradi. Voqeadan xabardor bo‘lgan mahalliy chorvadorlar yaradorni Arashon buloqda cho‘miltirishni maslahat qilishadi. Singillari bu ishni bajargach, bemor bir hafta ichida tuzalib ketadi. Chodak tomon yurish davom etadi. Afsuski, Chodakka kiraverishdagi Shunavoz degan manzilga yetishganda, singillari hayotdan ko‘z yumadi. Mehribon ayol jasadini Chirchir g‘ori ustidagi do‘nglikka ko‘madilar. Chirchir ona mozoriga o‘z davrida Ismoil Otoyiga dohil askarlarning xotin va qizlari ko‘mib kelingan. Singillari vafotidan so‘ng uning qabri ustiga maqbara tiklanadi. Ammo, bizning kunimizgacha bu maqbara yetib kelmagan, tarix charxpalagida bo‘lgan voqealar natijasida buzilib ketgan. Lekin qabr atrofi devor bilan o‘rab qo‘yilgan.
Bu ziyoratgoh Chodaksoyning kun chiqarida «Oftobcha» oromgohining pastidagi soy labida joylashgan. U yerdan chiqadigan buloq suvi shifobaxsh bo‘lganligi uchun vodiyning turli joylaridan kelgan ziyoratchilar bilan gavjumdir. Buloq suvi huddi Chir-chir momoning mayin sochlaridan oqib tushayotganday tabiiy mo‘'jiza ko‘rinishiga ega. U yerda o‘ynoqlab suzib yurgan baliqlar to‘dasini tomosha qilib, boqsangiz Chir-chir momo hayotidan hikoya qilinayotganday tuyulib, tanangiz orom olib qaytasiz. Ha, aytganday chashmaning yuqori qismida asriy chinorlar salobat to‘kib to‘radi. Chashma suvi to‘g‘ri Chodak soyga quyiladi. Suv mo‘lligidan bu joylar dov-daraxtlarga boy, yeri serhosil, mevalari sarxil. Ikki qirg‘oqni birlashtiruvchi Julay soy va Pirmirob ko‘priklari mavjud. U yer Chodakda Chur-chur momo ziyoratgohi nomi bilan mashhurdir
Balansda saqlovchi: Namangan viloyat Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish: Qodirov Mahammad 97 -258-04-02