Loading...

Matbuot xizmati -- -- 30 ko`rildi

Manzili: To`raqorg`on tumani, Yangi Xo`jand MFY , Axsikent ko`chasi
Davri: III-IV asr
Maydoni: 77.76 ga
O‘zbekistoninng javohiri Farg‘ona vodiysining Afrosiyobi bo‘lmish Axsikentni ilk bor o‘rganila boshlanganiga 132 yil to‘ldi. 1877 yilda Uyfal'vi Mezo – Koveshd (asli kelib chiqishi venger) boshchiligida fransuz arxeologik ekspedisiyasi Farg‘ona vodiysiga, shu jumladan, Shimoliy Farg‘onaga kelib, qadimgi shahar va qishloq xarobalari mozor va qo‘rg‘onlarni ko‘zdan kechirdilar. Ular azim Sirdaryoning o‘ng sohilida asrlar osha sukut saqlab turgan ko‘hna qal'a devorlari va atrofi minoralar bilan o‘rab olingan Axsikentga, ayniqsa qiziqib qoldilar. Shundan beri o‘tgan yillar ichida bu yerga bir necha bor chet el va rus olimlari kelib ketdilar. Lekin, ularnnig hammasi ham Axsikentni atroflicha o‘rganib, uni fan olamiga kiritish nuqtai nazaridan emas, balki, ayrim shaxslarning (masalan, Turkistoning birinchi genaral – gubernatori Fon Kaufman taklifiga binoan birinchi ekspedisiya kelgan edi) topshirig‘ini bajarish yoxud biror noyob narsani qo‘lga kiritish va kolleksiya to‘plash maqsadlarini tutganlar, xolos. Axsikentni o‘rganish inqilobdan so‘ng, xususan, oltmishinchi yillar oxiridan boshlandi. Akademik Ya.G‘ulomov rahbarligidagi maxsus arxeologik ekspedisiya olib borgan ishlar natijasida qadimgi Farg‘ona poytaxti Axsikentning stratigrafiyasi, topografiyasi, fortifikasiyasi, irrigasiyasi, hunarmandchiligi va boshqa aspektlarini o‘rganishda muhim yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ya.G‘ulomov rahbarligida olib borilgan qidiruv – razvedka va shurf tashlash ishlari dastlab mug‘illar istilosigacha bo‘lgan Axsikentning janubiy – sharqiy qismida o‘tkazildi. Maqsad bu joyning eng so‘nggi qatlamlarigacha yetish va uning yuqori qatlamlari bilan so‘nggi qatlamlarinnig o‘zaro bog‘lanishi yoxud farqini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi arxeologiya institutining kichik ilmiy xodimi X.Oxunboboev boshchiligidagi otryad antik va quldorlik davri Axsikentining shimoliy - g‘arbiy qismida 12x10 kvadrat metr qazish ishlarini o‘tkazdi. Qazishma vaqtida madaniy qatlamning turli bosqichlariga; chunonchi miloddan avvalgi II – I asrlar (ilmiy adabiyotlarda bu davr Dovon – Davan' davri deb qabul qilingan) va eramizning IX – XII asrlariga mansub turli shakl va xajmdagi sopol buyumlari, tangalar, uy – ro‘zg‘or ashyolari, paxsa devorlar, avrazlar, sopol quvurlar qoldig‘i va boshqalar topildi. Bular ichida ikkita katta loy xum va yagona ossuariyning topilishi alohida diqqatga sazovordir. Islomgacha bo‘lgan dinning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq mazkur ossuariyning topilishi juda muhim ahamiyatga ega. Negaki, hanuzgacha vodiyimizda bunday buyumlar qo‘lga kiritilmagan va ilmiy axborotlarda o‘z ifodasini topmagan. Arxeologik olimlarimizning uzoq yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra, antik davr yoxud quldorlik davri Axsikenti deb atalgan qismi eramizdan avvalgi III- va eramizning VI asrlariga taalluqli ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu Axsikent tarixiga yangi saxifa bo‘lib uni yoshini yana 13 asrga «ulg‘aytirdi». Axsikent yosh jixatdan Afrosiyobga tengdosh shahar ekanligi ma'lum bo‘ldi. Binobarin, eramizdan avvalgi II- asrda Farg‘onada bo‘lib o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan joylarni yozib qoldirgan xitoylik jaxongashta sayyox Chjan Szyan' 70 ga yaqin katta- kichik shaharlarni qayd etgani xolda agar ularning nomlarini birma- bir yozganda edi, so‘zsiz Axsikentni birinchilar qatorida tilga olardi. Afsuski, bu antik Axsikent xaqida yozma manbalarda xech qanday ma'lumotlar uchramaydi. Miloddan avvalgi II- I asrlarda Sharq va G‘arbni bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘lining birinchi tarmog‘i O‘zgandan Axsi, Qamchiq dovoni orqali, ikkinchi tarmog‘i Axsidan Koson va Chust orqali o‘tganligi Axsikent shahrini har tomonlama iqtisodiy va madaniy yuksalishiga katta turtki bo‘lgan. Ammo, biz yuqorida aytganimizdek, antik davri Axsikenti tarixi yozma manbalarda bayon etilmagan bo‘lsa- da, Sirdaryo bo‘yida joylashgan Axsi (Axsikat- Axsikent) shahrining ko‘hna tarixi miloddan bir necha avvaldan boshlanadi. Bizning davrimizgacha yetib kelgan tarixiy- geografik asarlarda X asrdan boshlab, Axsikent to‘g‘risida ma'lumotlar uchraydi. Bular ichida O‘rta Osiyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda geografik bilimlar tarixi uchun nihoyatda qimmatli manbaa bo‘lgan 60 bob (maqola) dan iborat noma'lum muallif tomonidan yozilgan «Hudud- ul- olam» («Olam chegaralari») kitobi e'tiborga loyiq. Uning «Movorounnaxr va shaharlari haqidagi» bobida «Farg‘ona- ulug‘, obod va juda ko‘rkam viloyatdir. Uning tog‘lari, tekis joylari, oqar suvlari va shaharlari ko‘p…Axsikent- Farg‘onaning poytaxti, amirning qarorgohi. Bu katta shahardur,»- deb tasvirlansa, arab geografi va sayyohi Abu Isxoq al- Istaxriy (840- 934) ning «Yo‘llar va mamlakatlar haqida kitob» (Kitob masolik va mamolik) kitobida «Farg‘ona keng yer, unga qarashli shahar va qishloqlar ham katta, uning katta shahri Axsikatdur», deb ta'riflanadi.
. Balansda saqlovchi: Namangan viloyati Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish: Qodirov Mahammad 97 -258-04-02