Loading...

Matbuot xizmati -- -- 30 ko`rildi

Manzili: To`raqorg`on tumani, Turkiston MFY To`raqorg`on ko`chasi
Davri: 1860 yil
Maydoni: 3080.0 m2
Ob'ekt tarixi: To‘raqo‘rg‘on tumani markazida hozirda barchani jumladan mahalliy va horijiy sayyohlarni, yoshu qarini o‘z viqori va salobati bilan o‘ziga chorlab turgan 1860 yilda bunyod etilgan G‘oyibnazar qozi madrasasi madaniy merosning arxitektura yodgorligi hisoblanib davlat muhofazasiga olingan. 2017 yilda Prezidentimiz tashabbuslari bilan bu me'moriy obidada to‘la retavratsiya ishlari amalga oshirildi. G‘oyibnazar qozi madrasasi va uning qurilish tarixi haqida to‘xtalsak. Bu me'moriy yodgorlik bunyod etilishida Farg‘ona vodiysi me'morchiligining o‘ziga xos uslublarini o‘zida namoyon etishi bilan ajralib turadi. Madrasaning old fasadida, ya'ni kirish eshigining yuqori qismida madrasani o‘sha davrdagi yetuk me'mor Usta Mulla Kirgiz Ibrohim o‘g‘li tomonidan qurganligi yozib qo‘yilgan. Madrasa to‘g‘ri burchakli tarh (loyiha) asosida 30x40 metr hajmda qurilgan. Fasad qismi gumbazning balandligi 1,7 metr bo‘lib, ikki qavatli gumbaz va burchagidagi mezanalardan tashkil topgan. Madrasa tevarak atrofi hujralar bilan o‘ralgan hovli shaklida qurilgan. Fasad qismi pishgan g‘ishtdan barpo etilgan. Tevarak atrofidagi hujralari esa xom g‘ishtdan qurilgan. Obida G‘oyibnazar qozi deb atalishiga sabab, bu madrasani G‘oyibnazar o‘zi yashayotgan uyga barpo etganligi va bizgacha bu imorat xizmat qilayotganligidir. Bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarga ko‘ra Nazar o‘g‘li G‘oyibjon 1833 yilda hunarmand oilasida dunyoga kelgan. U keng qomatli, o‘tkir zehnli bo‘lib, savodini Arabiston, Afg‘oniston va Turkiya mamlakatlardagi ilm maskanlarida va shu yurtlarning yetuk ulamolaridan olgan. U Qo‘qon xonligi saroyida eng yirik qozi bo‘lib ish boshlagan. G‘oyibnazar qozi olgan ilmi va orttirgan tajribasi bilan barcha masalalarni odilona xal etgan va parxezgor bo‘lib, o‘z vazifasini sidqidildan hamda xalol bajargan, uni barcha odil va xalol qozi hamda inson bo‘lganligini tez-tez takrorlashgan va turli xal bo‘lmagan nizoli masalalari bilan murojaat etishgan. U 1891 yilda o‘zining shaxsiy jamg‘armasidan Istambul shahridagi do‘stlari ko‘magida hozirda biz ko‘rib turgan go‘zal va betakror me'morchilik san'ati namunasi bo‘lgan binoni qurish ishlarini boshlagan. G‘oyibnazar qozi o‘z uyida yoshlarni va ilm talablarni ilmli bo‘lishlarini maqsad qilib madrasa qurilishini mustahkam qurilishi uchun kerakli qurilish ashyolarini topishda ham ancha mashaqqatli mehnatlar qilgan. Qurilishda Chotqol tog‘laridagi archalarni Kosonsoy soyida oqizib keltirgan. G‘oyibnazar qozi uy madrasasi qurilishi 1895 yilda nihoyasiga yetgan. G‘oyibnazar qozi uy madrasasini viqori qurilgan vaqtda Bo‘ston, Yelxon va Alami buvagacha bo‘y ko‘rsatgan. 1896 yilda G‘oyibnazar qozi vafot etadi. Undan qolgan yer, suvlardan iborat boyliklarni meros sifatida katta xotinlarini farzandlari bo‘lishib olganlar. Farzandlari Abbosxon bilan Xamroxonga 1910 yilda G‘oyibnazar qozi madrasasi va unga tegishli yer - suvlar qonuniy meros qilib berilgan. G‘oyibazar qozi o‘z davrining fidoiy insoni bo‘lib, Turaqo‘rg‘onda bir necha bog‘lar yaratgan. Ilm - hunarni juda ardoqlab, unga keng yo‘l ochgan. Ishoqxon Ibrat, Abdukahhor A'lam, Jalolxon imom uning talabalaridir. G‘oyibnazar qozining o‘g‘li Abbosxon Nazarov 1920 yilda maorif sohasida rus tili va mehnat ta'limidan dars berib, ilmiy bo‘lim mudiri va direktor lavozimlarida xalqqa maorif, ta'lim rivojiga hissa qo‘shgan. Umrining oxirigacha fidoiylik bilan barchaga muruvvat va samimiy ko‘mak bergan. 1949 yilda vafot etgan. Uning o‘g‘illari va nevaralari hozirgi kungacha xalq ta'limi sohalarida ishlab kelmoqda. G‘oyibnazar qozining vasiqa va meroslari Namanganlik filolog olim, professor Ismatulla Abdullaev tomonidan 1992 yilda tarjima qilingan G‘oyibnazar qozi haqidagi barcha ma'lumotlarni yig‘ish va o‘rganish ishlarida To‘raqo‘rg‘on tumani maorif va madaniyat xodimlarini xizmatlari bor. Markazda qad ko‘tarib turgan bu binoda ko‘plab tadbirlar va ibratli ishlar amalga oshirilgan. Bugungi kunda esa “Ishoqxon to‘ra Ibrat” muzeyi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur madaniy meros yodgorligi ayni kunlarda nafaqat yurtimiz ahli, balki xorijlik mehmonlarning ham sevimli go‘shasiga aylangan

Balansda saqlash : Namangan viloyat Madaniy Meros boshqarnasi
Bog`lanish: Qodirov Mahammad 97 -258-04-02