Manzili: Chust tumani, Pansada MFY, Karvon ko`chasi
Davri: 1690 yil
Maydoni: 1391 m2
.
Ob'ekt tarixi: Otchopar Eshon buva xonaqoxi Chust shahrining Pansada mahallasida joylashgan bo‘lib, taxminan 1690 yillarda qurilgan. Ushbu ziyoratgoh maqbara, masjid, chillaxona, qator hujralardan iborat 17x7 metrli o‘lchamdagi obidadir.
Ziyoratgoh hovlisida Quddus shahridan kelib o‘rnashib qolgan aziz avliyo, karomatpesha eshonlardan So‘fi Qurbon boqi Eshon (Shersuvor), Mirsaidxon Eshon, Mirrayimxon Eshon (Otchopar Eshon buva) qabrlari mavjud.
Vaqtlar o‘tishi bilan maqbara va hujralar buzilib ketgan va hozirda mazkur ziyoratgohdagi faqat bitta xonaqoh va chillaxonagina saqlanib qolgan.
Bu xonaqox to‘g‘risida Mullo Mir Rahim xoji mutavalli, mullo Said Nishon tomonidan yozilgan vaqfnoma va bir qancha tarixiy ma'lumotlar saqlanib qolgan.
Otchopar Eshon buva tomonidan Makka shahrida Chust takyasi, ya'ni mehmonxona qurib qoldirilgan bo‘lib, bu haqda u kishining avlodlarida hujjatlar saqlanib qolgan.
Ushbu ziyoratgohga bu to‘g‘rida bilganlar va qabrda yotgan ulamolarning avlodalari, mahalliy aholi hamda ularni yaqindan bilgan kishilar tomonidan ziyorat qilib turiladi.
Balansda saqlovchi: Namangan viloyat Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish: Qodirov Mahammad 97 -258-04-02