Loading...

Matbuot xizmati -- -- 30 ko`rildi

Manzili: Chust tumani Kamarsada MFY Charovon ko`chasi
Davri: ХIХ asr
Maydoni: 6097 m2
Ob'ekt tarixi: Mavlono Lutfillo maqbarasi Chust shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida joylashgan, Maqbara alloma, suv inshootlari bo‘yicha irrigator Mavlono Lutfilloh sharafiga qo‘yilgan. Chodak - Namangan viloyatining Pop tumanidagi qishloq, Movarounnahrdagi naqshbandiya tariqatining buyuk namoyondasi Mavlono Lutfulloh Chustiy (1487 - 1571) ham Chodakda dunyoga kelgan. Mavlono Lutfulloh manoqibida Chodak qishlog‘i to‘g‘risida «ko‘p mashoyixlar va ulug‘ olimlar shu yerda kamol topganlar, shayxulislom va sohibi Hidoya Burhoniddin Marg‘inoniy ham shu joyda o‘z amakisi va ustozi bo‘lmish Mavlono Husomiddin qoshida zohiriy ilmlarni o‘rgangandir», deb qayd qilinadi. Bu ma'lumotlarga ko‘ra Chodakda qadimdan ulug‘ allomalar va din peshvolari kamol topgan. Qarang: Muhammad Mufti Ohangaroniy. Mavlono Lutfulloh manoqibi, nashrga tayyorlovchi f.f.d. Sh. Sirojiddinov. – T. 2002. –B. 18. Ko‘pgina tarixiy va zamonaviy manbalarda qayt qilinishicha, Mavlono Lutfilloh Chustiy asli Chodaklik bo‘lib, 1487 yili o‘ziga to‘q zamindor va chorvador Xo‘ja ( Hoja) Fathulloh oilasida dunyoga kelganlar. “ Nasabnomai Mavlono Lutfilloh Chustiy” (melodiy 1867y.) nomli shajarada yozilishicha, Ho‘ja Fathulloh payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhu va salamning sahobalaridan biri, choryorlarning ulug‘i Abu Bakir as-Siddiq raziyallohu anhu avlodlaridan bo‘lib, ul zoti bobarakotga 17-chi pusht hisoblanadilar. Ho‘ja Fathulloh,o‘z zamonasining yetuk allomalaridan biri bo‘lganlar. Ul kishi sahovat bobida elga tanilgan, mehr-oqibatli, muruvvatli inson bo‘lib, hamqishloqlarini muhtojlik chog‘larida doimo o‘z qanotlari ostiga olar, ularga beminnat yordam ko‘rsatar edilar. Ubaydilloh Samarqandiy (Mavlononi shogirdi) yozgan “Manoqibi Mavlono Lutfilloh Chustiy” asarida asar XVI-asrda bitilgan bo‘lib, asl nomi “Siroj as-solixin va latoyif al-orifin” rus olimi A. A. Semyonov uni tahlil qilib, maxsus risola yozgan) ekan. Etti yoshlarida Qur'oni Karimni to‘la yod oladilar, 13 yoshga qadar otalari qo‘lida tahsil ko‘radilar. O‘sha davrda Chodak madrasasi Farg‘ona vodiysida eng mashhur va nufuzli madrasalardan biri bo‘lib, Mavlono Lutfilloh u yerda ham ilmi islomdan ta'lim oladilar. So‘ng, Samarqandga borib, yirik ulomolar qo‘lida ilmi hadis, ilmi tafsir, ilmi fikh borasida o‘z bilimlarini takomilga yetkazadilar. Mavlono Lutfilloh shu bilan birga Bahovuddin Naqshband sulugini ya'ni naqshbandiylik ta'limotini ham chuqur o‘rganadilar. Mavlono Lutfilloh bir necha muddatdan so‘ng o‘z bilimlarini yanada boyitish maqsadida Marg‘ilonga yo‘l oladilar, u yerda Shayx Xusomiddin uyida yashab, tahsilni davom ettiradilar. So‘ng Mavlono Lutfilloh Shayh Xusomiddinning maslahati bilan Toshkentga keladilar. Toshkentda Xoja Ahrorning shogirdlaridan biri Shayx Muhammad qo‘lida dars oladilar. Ikkalalari ko‘pdan-ko‘p viloyat va shaharlarni kezib, tasavvuf g‘oyalarini targ‘ib etadilar, ko‘plab murid ortiradilar. ( Nihoyat, Shayx Muhammad Qozi o‘z shogirdlari Mavlono Lutfillohning porloq kelajaklari borasida karomat qiladilar. Mavlono Lutfilloh uzoq vaqt mazkur ustozlariga sidqidildan, halol xizmat ko‘rsatdilar, ul kishiga doimo hamfikr va hamdam bo‘ladilar. Keyinchalik bu ikki ustozu shogirdning nabiralari quda-andachilik rishtalari bilan o‘zaro bog‘lanadilar. Shayx Muhammad Qozi 1515 yilda vafot etgach, naqshbandiylik tariqati rahbarligi ul kishining eng iqtidorli shogirdlari, mashhur alloma Ahmad Xojagiy Kosonniy-Mahdumi A'zamning qo‘llariga o‘tadi.Mavlono Lutfilloh ustozlaridan fiqh, mantiq, tafsir, hadis, falsafa, ahloq ilmlarini, nabobot, tabobat hamda miroblik sirlarini atroflicha o‘rganadilar. Mahdumi A'zam hali hayotlik chog‘laridayoq barcha muridlariga: “Bizdan keyin sizlarga Mavlono Lutfilloh yetakchilik qiladi” – deb qayta-qayta takrorlardilar va ul kishiga o‘z qo‘llari bilan 13 marta “Irshodnoma” bitib tasdiqlab berganlar, ya'ni mustaqil ravishda tasavvuf tariqatiga rahnomolik qilishga fotiha beradilar. Qisqasi Mahdumi A'zam va Mavlono Lutfilloh umrbod hamjihatlikda tariqat ahliga bosh-qosh bo‘lishdi. Ular o‘rtasidagi qadrdonlik tasavvuf sohiblari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy o‘rtasidagi qadrdonlikdan sira kam emas edi. Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Mahdumi A'zam Mavlono Lutfillohni doimo qo‘lab-quvvatlab turganlar. Chust bog‘ida bu insonni dafn etilgan va u keyinchalik qabrga maqbara tiklangan.
Balansda saqlovchi: Namangan viloyat Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish: Qodirov Mahammad 97 -258-04-02