Manzili: Chust tumani, Qora kapa MFY
Davri: Aniq emas
Оbekt tarixi: Ayritom bobo ziyoratgohi
Chust tumani Olmos-Varzik tog’oldi tekisligida, Chustsoy atrofida, dengiz sathidan 1000-1200 metr balandlikda joylashgan. “Chust madaniyati” manzilgohlarini o’rganish ishi hozirgi kunda jadal tusda olib bormoqda. Ayniqsa, Varzik, G’ova, Qoraqo’rg’on qishloqlari hududlarida o’tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ko’rinib turibdiki, Chust shahri va uning atrofida yashovchi aholining ham azaldan iqtisodiy-ijtimoiy hayotda o’z tartiblari bo’lgan. Nisbatan taraqqiy etgan aholi yashash joylari bo’lgan.
Chust Respublika shaharlari ichida qadimiyligi, uzoq o’tmishga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ko’plab arxeologik qazilmalar natijalari bunga yaqqol misol bo’la oladi. Navbatdagi yotirmoqchi bo’lgan maskan bu Ayritom Aziz bobo ziyoratgohidir.
Xuddi shu nom bilan ataluvchi yana bir ziyoratgoh Namangan shahrida ham bor. Ayritom Aziz bobo ziyoratgohi Namangan shahrining Chorsu bozoridagi hozirgi Markaziy univermag orqasida, Mulla Qirg’iz madrasasi binosi yaqinida bo’lgan. Bu ziyoratgoh ichida Ayritom Aziz maqbarasi joylashgan. Sho’ro hukumati yillarida Ayritom Aziz maqbarasi buzib tashlangan. Hozirgi kunda esa qabri saqlanib qolgan. Rivoyatlarga ko’ra, Ayritom Azizning asli ismi-sharifi va nisbasi Shamsi Qattoliy Valiy bo’lgan. (Qattol-jangchi, kurashchi demakdir). U kishi Namanganga O’rta va yaqin Sharq mamlakatlarining biridan kelib qolgan. Bu yerda o’zining yuzlab muridlari bilan uzoq yil yashagan, shu joyda (tahminan IX asrda) vafot qilgan. Bu zot o’z zamonasida butun Farg’onada keng shuhrat topgan. Farazlarga ko’ra Namangan shahri ana shu qarorgoh asosida yanada kengayib ketgan. Namangan shahrining shakllanishi va rivojlanishi u kishining o’rni beqiyos bo’lgan. Ya’ni shaharni boshqargan. Shayxning Ayritom Aziz deb shuhrat topganining yana bir sababi shuki, u kishi nihoyatda kamsuqum bo’lib, oddiy hayot kechirgan. U kishi bilan kelgan kishilar ham, shu yerda mavjud. Shayxning qabrlari usti ham ana shunday kappa bilan yopilgan XIV asrning oxirlarida Amir Temur buyrug’i bilan qabr ustiga amaliy san’atning nozik namunalari bilan ishlangan maqbara qurilgan.
Balansda saqlash: Namangan viloyati Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish: Qodirov Mahammad 97 -258-04-02