Loading...

Matbuot xizmati -- -- 30 ko`rildi

Manzili: Chortoq tumani, Bog`iston MFY, Park ko`chasi
Davri: Aniq emas.
Maydoni: 0.95 ga
Tarixi:
Sulton Uvays Karaniyning onasi Bibi Naima ona vafot etganda, uni yuvish va dafn etish uchun Allohning buyrug‘i bilan otilib chiqqan buloqni yodga olaylik. Ushbu buloqning suvi nihoyatda tiniq, musaffo, ko‘kimtir bo‘z rangda bo‘lgan bu suvning ta'mida sutning mazasi bor. “Sutli buloq” deyilishining sababi ham shunda. Bibi Naima ona dafn qilingan qabr hozirda maqbara holiga keltirilib, yangidan ta'mirlangan. Har kuni minglab odamlar ziyoratga kelishadi. Bu buloqning yaxna suvidan ichib, soya-salqin joylarga qo‘yilgan so‘rilarda dam olib, hordiq chiqarishadi. “Sutli buloq” suvi Chortoq tumanidagi 12 mingdan ortiq aholining tomorqasining, bog‘-rog‘larini suv bilan ta'minlaydi. Aytishlaricha, “Sutli buloq”dan chiqayotgan suv ichki xastaliklarga da'vo, balchig‘i badandagi turli yaralarni, dog‘larni davolashda malham ekan. Bu buloqning mo‘'jizaviy xususiyatlaridan yana biri - buloq haftaning juma kuni tong bo‘zarmay sut rangiga kiradi va shomgacha shunday tusda turadi. Bu o‘zgarishning sababini hech kim bilmaydi, deyishadi. Bibi Naima ona qabrlari XII- XIII asrlarda ziyoratgoh sifatida ko‘rkam maqbara tiklangan. 2001 yilda bu maskannda shu yerlik mahalliy homiylar tomonidan yanada manzara va chiroy berib obodonlashtirildi. Maqbara to‘la o‘z qiyofasini yo‘qotmagan xolda qayta ta'mirlandi. Bu maskanga keluvi ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Ziyoratgohga tashrif buyurganlar bu yerda otilib chiquvchi buloq va uning oqish rangiga mahliyo bo‘ladilar va albatta hayronliklari tabiiy. Bu sirni so‘ralganda mutasaddisi Oqilxon aka Dadaboev ham buni tasdiqlab, “Bizga ham ushbu mo‘'jiza siri noma'lum”,- deb javob qilgan edi.
Balansda saqlovchi: Namangan viloyati Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish uchun: Qodirov Mahammad 97 -258-04-02