Loading...

Matbuot xizmati -- -- 30 ko`rildi

Manzili: Chortoq tumani, Bog`iston MFY
Davri: 1863 yil
Maydoni: 2.90 ga
Ob'ekt tarixi: Sulton Uvays Qaraniyning Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning g‘oyibona oshig‘i va sodiq do‘sti bo‘lganligini aytib o‘tdik. Uvaysga Payg‘ambarimiz (s.a.v)ning Uhud jangida tishlarini dushmanlar sindirgani ayon bo‘lgach, juda afsuslanib, Rasuli akram haqlariga duo qilib, Allohdan u zotning umrlarini ziyoda qilishini tilaydi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) ham Sulton Uvaysga befarq emas edilar. Ular ko‘rgan tushlari vositasida Uvaysga nisbatan qalban yaqinlik his qilar edilar. Rasuli Akram (s.a.v) foniy hayot ufqidan chekinib, abadiyat sari yo‘l olar ekanlar, sahobalariga: “Mendan keyin xirqamni (chopon) Uvaysga beringlar”, deb vasiyat etadilar. Hazrati Umar bilan hazrati Ali (r.a) vasiyatnomani bajarish uchun yo‘lga otlanadilar. Ular Sulton Uvays Qaraniyni topib, xirqani topshiradilar. Ushbu hadya to‘g‘risidagi xabar tarqalgach, Uvaysning ziyorat qilgani odamlar seldek oqib kela boshlaydi. Buyuk Valiyning duosini olish uchun undan shafoat tilayotganlarning soni ortib borardi. Uvays Qaraniy umrining oxirigacha bu muborak xirqani avaylab-asrab saqlaydi. Uning vafotidan so‘ng, xirqa Makkayu Mukarramdagi Xiro g‘origa qo‘yiladi. So‘ngra xirqani shayx Do‘stmuhammad Bag‘dodga olib keladi. Sohibqiron Amir Temur davrida muborak xirqa Buxoro shahriga keltiriladi. Hijriy 1181-1182 yilda Afg‘oniston hukmdori Ahmadshoh Duroniy Turkistonning Sayxun ortidagi muzofotlarini zabt etish uchun 60 mingdan ziyod qo‘shin to‘plab, shoh Valixon boshchiligida Amudaryoning shimoliga yuboradi. Bundan xabar topgan Buxoro amiri Shohmurodbek Balx va Badaxshon aholisiga yordam berish maqsadida 20 ming kishini chegaraga yaqinlashtiradi. Buxoro amiri sulh tuzib, musulmonlar orasida nizo va urushlarning oldini olish maqsadida muborak xirqani Ahmadshohga tortiq qilishga majbur bo‘ladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, bu xirqa qo‘ldan qo‘lga o‘tib, Usmonli sultonlar tomonidan Turkiyaga olib ketilgan. Hozirgi kunda barakotli xirqa Istambul shahridagi To‘pqopi muzeyida saqlanmoqda.
Balansda saqlovchi: Namangan viloyati Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish: Qodirov Mahamamd 97 -258-04-02