Loading...

Matbuot xizmati -- -- 30 ko`rildi

Manzili: Yangiqo`rg`on tumani Qoropolvon MFY
Davri: ХVIII asr
Maydoni: 0.10 ga
Ob'ekt tarixi: Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan ziyoratgohlarni ko‘pchilik qismi arablarni O‘rta Osiyoga kelishi va islom dinin joriy etishi va bu yo‘lda olib borilgan janglar bilan bog‘liq. Namangan shahridan Yangiqo‘rg‘on markaziga borar ekansiz, adirlar o‘rtasidan kesib o‘tgan asfal't yo‘lning har ikki tomoniga joylashgan bir necha xushmanzara qishloqlarga ko‘zingiz tushadi. Shu yo‘l yoqasidagi qishloqlarning biri Qorapolvon deb ataladi. Qishloq nima uchun “Qorapolvon” deb ataladi va u asli kim bo‘lgan hamda uning noimini saqlanib qolishiga nimalar sabab bo‘lgan? Safed Bulon qishlog‘ida Shoh Jarir va uning o‘g‘li Shoh Fozil davrlarida sodir bo‘lgan voqealar bu manzilni ziyoratgohga aylantirdi. Bu yerda bunyod etilgan “Shoh Fozil” maqbarasini barpo etishda, shahid bo‘lganlarni nomlarini toshga bitishda ko‘p xizmatlar qilgan inson bu Qorapovlon bo‘lgan. Bu haqida Shoh Hakim Xolisning “Safed Bulon qissasi” she'riy dostonida shunday satrlar bor: Buxoro o‘lkasidan to Ko‘histon, Xalo oning otidir Qorapolvon. Shahidlarning borini marqad etdi, Alarni otlarini toshga bitdi. Yuqorida zikr etilgan ma'lumotlardan tashqari shuni qo‘shimcha qilib aytish mumkinki, Qorapolvon sahobai tobe'inlarning biri bo‘lib, o‘zining xalol mehnati bilan savob ishlarni amalga oshirgan. O‘z davrining bilimdon va ma'lum, mashhur kishilaridan bo‘lgan. Qariyib 1300 yil avval hozirgi Qorapolvon hududini o‘ziga makon tutib, istiqomat qilgan. U davrlarda bu joylar qamishzor va chakalakzorlardan iborat tashlandiq yerlar bo‘lgan. Keyinchalik asta-sekin bu yo‘ldan o‘tganlar Andijon, Karkidon kabi joylardagi kishilar ko‘chib kelib joylashgan. Qorapolvon otaning asli ismi Xalo bo‘lib, qora tanli (xabash) bo‘lganliklari hamda gavdalari ham barvasta baquvvat bo‘lganliklari bois ularga Qorapolvon deb nom berganlar. Qorapolvon ota shu yerda yashab, qishloqni obod bo‘lishini ta'minlaganlar. Bu tarixdan xabardor kishilar Qorapolvon otani qabrlarini ziyorat qiladilar. Lekin ular qabrlari ustiga maqbara qurilmagan. Barcha aziz zotlar qatori Qorapolvon ota qabrini ham obod etib, ziyoratgohga aylantirildi.
Balansda saqlovchi: Namangan viloyati Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish: Qodirov Mahammad 97 -258-04-02