Loading...

Matbuot xizmati -- -- 30 ko`rildi

Manzili: Kosonsoy tumani. Abdurahmon Jomiy MFY Qal`a ko`chasi, 1-uy
Davri: - XVII asr
Maydoni: 8406,04 kv.m

Ob'ekt tarixi: XVIII asrda qurilgan inshootlardan biri Jome' masjidi - Farg‘ona vodiysida namozgoh uslubida barpo etilgan binodir. Ushbu namozgoh Kosonsoy shahrining markazida bunyod etilgan. Hozirgi kunda dastlabki binolardan fakat jome' xonakohi va kirish darvozaxonasi saqlanib kolgan. 1989 -93 yillarda Xonakox va darvozaxonalarga takab ularni o‘zaro bog‘lab yozgi masjid va o‘kuv xonalari qurilgan. Xonakohning shimoliy tomoniga ikki qavatli ulkan zamonaviy masjid, baland gumbazli va ayvonli bino, sharqiy tomonga esa taxoratxona kurilgan. Kosonsoy Jome' masjidi qurilishiga XVIII asrlarda Abdullaxon podsholigi yillarida asos solindi. Masjid g‘ishtlari Samarqand shahridan olib kelinadi. Qurilishga podshoning o‘zi kelib, -"Bismillohir rahmonir rahim" kalimasi bilan birinchi g‘ishtni qo‘yib beradi. Masjid g‘ishtlari ortib qolgach, uning ro‘parasiga katta hammom qurib bitkaziladi. Shahar ulamolari to‘planib, duo-i fotiha berilib masjid ish boshlaydi. Bundan yuz yil oldin masjid oldiga darvoza quriladi. Darvozaning g‘ishtlari Oqqo‘rg‘ondan olib keltirilgan edi. Masjidning uzunligi O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan 1991 yilda Kosonsoy shahrining markazida A'loxon Maxdum nomli jome' masjidi qurilishiga kirishildi. Qurilishda sinch, pishgan g‘isht, ganch, yog‘och ishlatilgan. Masjidda 84 ta hujra,gumbazli madrasa,o‘quvchilar xonalari bor. Masjid yangi binosi A'loxon Maxdum uyig aqurilganligi uchun 1992 yilda A'loxon Maxdum nomi berilgan. Peshtoq va gumbazlari naqshinkor, koshinkor, o‘ymakorlik, ganchkorlik, nafis san'at bilan ishlangan.
Balansda saqlovchi: Mintaqalararo Madaniy Meros inspeksiyasi
Bog`lanish: Qodirov Muhammad 913540402