Manzili: Namangan shahar Chorsu MFY Ko`zagarlik ko`chasi
Davri: XVIII asr
Maydoni: 6100 m2
Ob'ekt tarixi: XVII asrning ikkinchi yarmida bunyod etilgan bu me'moriy obida o‘sha davrlarda Farg‘ona vodiysining yirik shaharlaridan biriga aylangan Namanganning haqiqiy me'moriy durdonalaridan biri bo‘lib sifatida hali hanuz avlodlar qalbida ajdodlarga ehtirom ko‘rsatuvchi va munosib voris bo‘lishga chaqiruvchi meros bo‘lib kelmoqda.
Bu maqbara binosini bezashda XIV asr boshlarida O‘rta Osiyo me'morchiligi bisotidan rang-barang sirkor qoplama siqib chiqargan o‘yma sopol ( terrakota )dan sirkor koshinlar va o‘yma sopoldan foydalanilgan.
Bunday o‘yma sopoldan hatto Samarqand va Buxoro yodgorliklarida ham foydalanilgan emas.
Tarixiy manbalarda XVI asrning oxirlarida Shayhon Tohur (asl ismlari Shayx Xovandi Tohur vafotlari 1355 yil) avlodlaridan bo‘lgan Iminxo‘ja Eshon parranda xalq tilida esa Xoja Amin degan kishi Toshkentdan Namanganga kelib o‘rnashib qoladi. Bu toshkentlik fiqh ilmining zukko bilimdoni, o‘z davrining mashhur avliyolaridan biri edi va qolgan umrini Namanganda shu shahar aholisi ilm-ma'rifati va rivoji uchun o‘tkazgan. Ustozidan olgan bilimlari va odobi Iminxo‘jaga ma'qul bo‘lgan Mir Xoji Eshonni o‘ziga munosib voris deb biladi. Bu ayni haqiqat bo‘lib, ustozi vafotidan so‘ng kuyovi bo‘lgan Mirxo‘ja eshon Ibrohim Xo‘ja sharafiga maqbara barpo ettiradi. Shu bois bu maqbarani “Xo‘jamni qabri” deb yuritiladi.
Iminxo‘jai Eshon parranda Namanganga kelgach, unga ixlos qiluvchi kishilar ko‘payib ketadi. Iminxo‘ja eshonning Xoldorxo‘ja degan o‘g‘li bo‘lib, Xoldorxo‘jadan ikki o‘g‘il qoladi. Kattasi Yoqubxo‘ja Qashqarga ketadi, kichigi Ibrohimxo‘ja Namanganda qoladi. Ibrohimxo‘janing qizi bo‘lib, uni Mirxo‘ja eshon degan kishiga turmushga uzatadi. Ibrohimxo‘ja vafotidan keyin o‘g‘li bo‘lmaganligi sababli uning merosi kuyovi Mirxo‘ja eshonga qoladi. Mirxo‘ja eshon qaynotasidan meros qolgan boyliklar evaziga Ibrohimxo‘ja xotiralari uchun taxminan XVII asr oxiri XVIII asrning boshlarida Ibrohimxo‘ja qabrining old tarafiga maqbara bunyod etadi.
Hozirgi vaqtda ham o‘z husn-tarofatini to‘la saqlab qolgan bu ajoyib me'moriy majmua 3 qismdan iborat bo‘lib, ular: maqbara, madrasa va masjid ayvondan tashkil topgan. Kishi diqqatini o‘ziga tortadigan asosiy inshoot bu maqbara hisoblanib, maqbara kiraverishdagi o‘ymakor eshik tepasiga, yodgorlikni bunyod etgan ustaning nomi aniq harflar bilan Amali usta “Muhammad Ibrohim ibn Abdurahim “ ya'ni “ Abdurahim o‘g‘li usta Muhammad Ibrohim ishladi” deb bitib qo‘yilgan.
Maqbarani qurilishida o‘sha davrning mohir me'morlari jalb qilinib, juda nozik did bilan bitkazilgan. Sirkoriy fasadning ikki mezanasi o‘rtasidagi peshtoq kungurasi yuqori qismiga Qur'oni karimning “Baqara” surasidan olingan “Oyat ul-kursi” suls xatida o‘yib tushirilgan.
Mezanalar naqshi orasida joylashgan beshta belboqqa ham Qur'on oyatlari va kalimalar bitilgan. Birinchi belbog‘ sirtiga “Baslama”dan so‘ng “Kalimayi toyyiba” hamda “Kalimayi shahodat”, uchinchisiga Qur'oni karimning “Ixlos” surasi va to‘rtinchi belboqqa “Anbiyo” surasining 87-oyati suls xatida naqsh etilgan.
Balansda saqlovchi: Namangan viloyat Madaniy Meros boshqarmasi
Bog`lanish: Qodirov Muhammad 97 -258-04-02