Namanganda xalqaro asal festivali o‘tkaziladi
24.10.2026 - 26.10.2026
Namangan shahar Davlatobod tumani "Afsonalar vodiysi" tematik bog'i
2026-yilning oktabr oyida Namangan shahrida navbatdagi Xalqaro asal festivalini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Mazkur festival asalarichilik sohasini rivojlantirish, tabiiy asal va asalarichilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda Namangan viloyatining agroturizm salohiyatini namoyish etishga xizmat qiladi.
Festival doirasida mahalliy va xorijiy asalarichilar, soha mutaxassislari, olimlar, tadbirkorlar hamda sayyohlar ishtirokida asal mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, degustatsiyalar, mahorat darslari, B2B uchrashuvlari va madaniy-ko‘ngilochar dasturlar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Xalqaro asal festivali mehmonlarga turli hududlarda yetishtirilgan tabiiy asal mahsulotlari bilan tanishish, ularning foydali xususiyatlari haqida ma’lumot olish hamda Namanganning betakror turistik muhiti va mehmondo‘stligini his etish imkonini beradi.

Rasmlar