Namanganda zamonaviy “Leore Hotel” foydalanishga topshirildi
Tadbirlar
03.07.2026
Namangan shahrida xizmat ko‘rsatish va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim loyiha — zamonaviy “Leore Hotel” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Loyiha qiymati 30 milliard so‘mni tashkil etuvchi ushbu zamonaviy mehmonxona 140 o‘ringa mo‘ljallangan. Mehmonxonaning foydalanishga topshirilishi natijasida 20 nafar fuqaro doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.
Tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etib, yig‘ilganlarni 65-Xalqaro Gullar festivali munosabati bilan samimiy qutladi. Viloyat rahbari o‘z nutqida “Leore Hotel” mehmonxonasining ishga tushirilishi Namangan shahrida turizm salohiyatini yanada yuksaltirish, mahalliy va xorijiy mehmonlarga zamonaviy, qulay hamda sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri ekanini alohida ta’kidladi.
Shundan so‘ng nuroniylar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, mehmonxona rasman foydalanishga topshirildi. Tadbir davomida mehmonxona xonalari, xizmat ko‘rsatish maskanlari, dam olish hududlari hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan barcha zarur sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Ochilish marosimi davomida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz va bayramona ruh bag‘ishladi. “Leore Hotel” mehmonxonasining ishga tushirilishi Namangan shahrida turizm infratuzilmasini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda hududning mehmondo‘stlik salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Rasmlar