O‘zbekistonda “Tax Free”: xorijiy sayyohlar QQSni qanday qaytarib olishi mumkin?
yangiliklar
13.07.2026
O‘zbekistonda xorijiy fuqarolar uchun xaridlar vaqtida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish imkonini beruvchi “Tax Free” tizimi yanada kengaytirildi. 2026-yil 1-apreldan boshlab mazkur xizmat respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida yo‘lga qo‘yildi.
“Tax Free” tizimidan O‘zbekistonda chakana savdo obyektlaridan mahsulot xarid qilgan xorijiy fuqarolar foydalanishi mumkin. Bunda xaridlarning umumiy qiymati QQSni hisobga olgan holda kamida 300 ming so‘m bo‘lishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlariga ushbu tartib tatbiq etilmaydi.
QQSni qaytarish uchun xaridor fiskal cheklarni saqlashi hamda ularni “Soliq” mobil ilovasining “Tax Free” bo‘limida QR-kod orqali ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak. Xarid qilingan mahsulotlar foydalanilmagan, asl o‘ramida va chekdagi ma’lumotlarga mos bo‘lishi zarur.
Xorijiy fuqaro mamlakatdan chiqib ketayotgan kuni parvoz uchun ro‘yxatdan o‘tgach, aeroportdagi “Tax Free” xizmat shoxobchasiga murojaat qiladi. U yerda pasport, bort taloni, fiskal chek va xarid qilingan mahsulotlar taqdim etiladi. Mas’ul xodimlar hujjatlar va mahsulotlarning muvofiqligini tekshiradi hamda ma’lumotlarni elektron tizimda tasdiqlaydi.
Tasdiqlash jarayoni yakunlangach, xorijiy fuqaro QQSni naqd pul yoki bank kartasi orqali qaytarib olish usulini tanlashi mumkin. To‘langan QQS summasining 85 foizi xaridorga qaytariladi, qolgan 15 foizi esa “Tax Free” tizimi operatorining xizmat haqi sifatida yo‘naltiriladi. Bank kartasiga to‘lov mahsulotlar mamlakatdan olib chiqilgan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
“Tax Free” tizimining kengaytirilishi xorijiy sayyohlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish, mamlakatning turistik jozibadorligini oshirish hamda chakana savdo sohasidagi hisob-kitoblar shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Rasmlar