“NAVBAHOR” – “NASAF” UCHRASHUVIDA ICHKI TURIZM TARG‘IBOTI OLIB BORILDI
yangiliklar
24.08.2026
“Navbahor” va “Nasaf” futbol klublari o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Superligasi uchrashuvi doirasida Namangan viloyatining boy turizm salohiyati hamda ichki turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Uchrashuv davomida futbol muxlislariga Namangan viloyatining diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy va madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlari, tog‘li dam olish hududlari, ekoturizm va gastronomik turizm imkoniyatlari haqida targ‘ibot materiallari taqdim etildi. Shuningdek, viloyat bo‘ylab sayohat qilish uchun mavjud turistik yo‘nalishlar va xizmatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Sport tadbirining katta auditoriyasi Namanganning turistik jozibadorligini keng jamoatchilikka namoyish etish uchun samarali axborot maydoniga aylandi. Ayniqsa, boshqa hududlardan tashrif buyurgan muxlislar orasida viloyatning turistik manzillariga qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etish joizki, mazkur uchrashuvga 19 540 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich joriy yilgi O‘zbekiston Superligasi mavsumida futbol uchrashuvlariga muxlislar tashrifi bo‘yicha mavsum rekordi hisoblanadi.
Tomoshabinlarning yuqori faolligi sport musobaqalarini nafaqat yirik ommaviy tadbir, balki hududning turizm brendini ilgari suruvchi muhim targ‘ibot vositasi sifatida qo‘llash mumkinligini yana bir bor ko‘rsatdi. Futbol uchrashuvlariga kelayotgan muxlislar oqimini turistik yo‘nalishlar, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish maskanlari, savdo va ko‘ngilochar xizmatlar bilan uyg‘unlashtirish hudud iqtisodiyoti uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Mazkur tashabbus sport va turizm yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash, ichki sayyohlar oqimini oshirish, Namangan viloyatining turistik salohiyatini keng targ‘ib etish hamda sport turizmini izchil rivojlantirishga xizmat qiladi.
Kelgusida ham yirik sport musobaqalari doirasida Namanganning tarixiy, madaniy, ziyorat, ekologik, gastronomik va tog‘ turizmi imkoniyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarni muntazam tashkil etish rejalashtirilgan.

Rasmlar