65-xalqaro “Gullar festivali” dunyo miqyosidagi madaniy va turistik voqelikka aylandi

65-xalqaro gullar festivali 13.07.2026
Joriy yilning 24-may kuni boshlangan 65-xalqaro “Gullar festivali” 50 kun davomida nafosat va go‘zallik ixlosmandlari uchun chinakam bayramga aylandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, festivalda ishtirok etish maqsadida Namanganga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 1 million 100 ming nafardan, mahalliy sayyohlar soni esa 7,5 million nafardan oshdi. Bu ko‘rsatkichlar festivalning xalqaro miqyosdagi nufuzi va turistik jozibadorligi yildan yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston bog‘i” amfiteatrida festivalning tantanali yopilish marosimi, g‘oliblarni taqdirlash hamda katta konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tabrik so‘zi bilan chiqib, 65-xalqaro “Gullar festivali”ning mazmun-mohiyati, viloyatning turizm salohiyatini xalqaro maydonda targ‘ib etishdagi o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Tadbir davomida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan mahallalar, korxona va tashkilotlar, hokimliklar hamda mohir gulchilar pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, bosh sovrin sifatida “Onix” rusumli 4 ta avtomobil tantanali ravishda topshirildi.

Shu bilan birga, viloyatning ulkan g‘alla xirmoniga munosib hissa qo‘shgan ilg‘or fermerlar “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Viloyat san’at ustalari va taniqli xonandalar ishtirokidagi katta konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Festivalning tantanali yopilish marosimi maftunkor mushakbozlik bilan yakunlandi.

50 kun davom etgan 65-xalqaro “Gullar festivali” Namanganning gullar shahri sifatidagi shuhratini yanada mustahkamlab, dunyo miqyosidagi yirik madaniy va turistik voqelikka aylandi.

Rasmlar