Mingta dron ishtirokidagi yorqin shou festival mehmonlarini hayratga soldi

65-xalqaro gullar festivali 08.06.2026
65-Xalqaro gullar festivali doirasida Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida minglab tomoshabinlar e’tiborini tortgan navbatdagi “Dron shou” bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro gullar festivalining eng kutilgan va tomoshabop tadbirlaridan biriga aylangan mazkur shou bu yil yanada keng ko‘lamda tashkil etildi. Unda 1000 ta dron ishtirok etib, tun osmonida betakror yorug‘lik kompozitsiyalarini namoyish etdi.

Shou davomida festival va turizm ramzlari, “Yangi O‘zbekiston” monumenti, humo qushi, rang-barang gullar tasvirlari hamda Ginnes rekordini aks ettiruvchi yorqin kompozitsiyalar ketma-ket namoyon bo‘ldi. Osmon uzra jilolangan mazkur tasvirlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, festival muhitiga yanada o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Zamonaviy texnologiyalar, san’at va ijodiy yondashuv uyg‘unligida yaratilgan yorug‘lik namoyishi festival mehmonlariga unutilmas lahzalarni tuhfa etdi. Har bir kompozitsiyada Namanganning go‘zalligi, turizm salohiyati, yangilanishlar sari dadil odimlayotgan qiyofasi hamda Xalqaro gullar festivalining o‘ziga xos jozibasi aks etdi.

Ayniqsa, gullar timsoli, milliy ramzlar va festival ruhini ifoda etuvchi sahnalar tomoshabinlar tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Yorqin ranglar, aniq harakatlar va musiqiy uyg‘unlik shouning ta’sirchanligini yanada oshirdi.

Bayramona kayfiyat, innovatsion yechimlar va betakror tasvirlar bilan boyitilgan “Dron shou” 65-Xalqaro gullar festivalining eng jozibador tadbirlaridan biri sifatida mehmonlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur shou Namanganning nafaqat gullar shahri, balki zamonaviy turizm, madaniyat va innovatsion tadbirlar markazi sifatida ham tobora yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Rasmlar