Lavanda iforiga burkangan Pop: festival mehmonlari uchun noyob manzil
65-xalqaro gullar festivali
08.06.2026
Namangan viloyatida davom etayotgan 65-Xalqaro gullar festivali doirasida Pop tumanidagi lavanda dalalariga press-tur tashkil etildi. Unda viloyatdagi markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov so‘zga chiqib, bu yilgi festival mazmunan yanada boyigani, hududlarda yangi turizm manzillari shakllanayotgani hamda “Lavanda sayli” asta-sekin an’anaviy tadbirga aylanib borayotganini ta’kidladi.
Press-tur davomida ishtirokchilar dorivor va xushbo‘y o‘simliklar yetishtirilayotgan keng maydonlar bilan yaqindan tanishdilar. Ularga lavanda parvarishi, hosil olish jarayoni, qayta ishlash bosqichlari hamda mazkur ekinning iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, lavanda bir marta ekilganidan so‘ng uzoq yillar davomida hosil beradigan, yuqori qiymatga ega eksportbop ekinlardan biri hisoblanadi. Shu jihatdan u nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki agroturizm va qayta ishlash sanoati uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda “MEHRIGIYO” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 40 million AQSH dollari qiymatidagi loyiha doirasida 500 gektar maydonda dorivor o‘simliklar yetishtirish va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu loyiha hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish va mahalliy mahsulotlar brendini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Tog‘ yonbag‘irlarida barpo etilgan bepoyon lavanda dalalari festival mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Binafsha rangga burkangan manzara o‘zining tabiiy go‘zalligi, betakror ifori va suratga olish uchun qulay lokatsiya ekani bilan ko‘pchilik e’tiborini tortdi.
Tadbir doirasida mehmonlar uchun konsert dasturi ham namoyish etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar, bayramona muhit va lavanda ifori uyg‘unlashgan ushbu tadbir ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
Pop tumanida tashkil etilayotgan bunday sayllar Namanganning turizm salohiyatini keng targ‘ib etish, agroturizm yo‘nalishini rivojlantirish hamda hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Lavanda iforiga burkangan Pop bugun festival mehmonlari uchun nafaqat go‘zal manzara, balki yangi turizm tajribasini taqdim etayotgan noyob maskanga aylanmoqda.

Rasmlar
O'xshash yangiliklar
65-xalqaro “Gullar festivali” dunyo miqyosidagi madaniy va turistik voqelikka aylandi
13.07.2026
Namanganda MICE turizm forumi oʻtkazildi
15.06.2026
Mingta dron ishtirokidagi yorqin shou festival mehmonlarini hayratga soldi
08.06.2026
65-Xalqaro gullar festivali munosabati bilan Namangan bo‘ylab 1 kunlik turpaketlar ishlab chiqilmoqda
22.05.2026