Namanganda MICE turizm forumi oʻtkazildi
65-xalqaro gullar festivali
15.06.2026
Namangan viloyatida turizm sohasini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va hududning turistik salohiyatini dunyo miqyosida keng targʻib qilishga qaratilgan nufuzli xalqaro tadbir — 65-xalqaro “Gullar festivali” doirasida tashkil etilgan MICE turizm forumi, ichki turizm yarmarkasi hamda B2B uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Forumda 10 ga yaqin mamlakatdan tashrif buyurgan 30 dan ortiq turizm sohasi vakillari, xorijiy hamkorlar, investorlar, turoperatorlar hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar, bugungi kunda Namangan viloyati ziyorat, gastronomik, tibbiy, ekologik, togʻ va shopping turizmi kabi yoʻnalishlarda jadal rivojlanayotganini taʼkidladilar.
Shuningdek, anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Gullar festivali”, viloyatning boy madaniy merosi, qulay geografik joylashuvi va mehmondoʻstlik anʼanalari xalqaro forumlar, koʻrgazmalar oʻtkazish uchun keng imkoniyat yaratayotganini qayd etildi.
Forum doirasida boʻlib oʻtgan biznes muzokaralari va B2B uchrashuvlari natijasida mahalliy va xorijiy kompaniyalar oʻrtasida 150 dan ortiq shartnoma va oʻzaro hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Bu esa Namangan viloyatining turizm sohasida xalqaro hamkorlik maydoni sifatidagi nufuzi tobora oshib borayotganini koʻrsatdi.

Rasmlar
O'xshash yangiliklar
65-xalqaro “Gullar festivali” dunyo miqyosidagi madaniy va turistik voqelikka aylandi
13.07.2026
Lavanda iforiga burkangan Pop: festival mehmonlari uchun noyob manzil
08.06.2026
Mingta dron ishtirokidagi yorqin shou festival mehmonlarini hayratga soldi
08.06.2026
65-Xalqaro gullar festivali munosabati bilan Namangan bo‘ylab 1 kunlik turpaketlar ishlab chiqilmoqda
22.05.2026