“Uzbek Gift Contest”: milliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn uyg‘unligi
Turizm
03.08.2026
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.
Tanlovning asosiy maqsadi — milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida keng targ‘ib qilish, hududlarda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar, dizaynerlar va boshqa ijodkorlarning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahalliy va xorijiy turistlar uchun ixcham, sifatli, jozibador hamda hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi
Birinchi bosqich dizaynerlar o‘rtasida 2026-yil 24-iyuldan 16-avgustga qadar o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar milliy hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy turistik sovg‘alar uchun eskizlar, dizayn ishlanmalari va ijodiy g‘oyalarini taqdim etadi.
Taqdim etiladigan loyihalar:
milliy qadriyat va an’analarni aks ettirishi;
hunarmandlar tomonidan amalda tayyorlanishi mumkin bo‘lishi;
ixcham, sifatli va jozibador ko‘rinishga ega bo‘lishi;
turistlar uchun olib yurishga qulay bo‘lishi lozim.
Ikkinchi bosqich hunarmandlar o‘rtasida 2026-yil 20-avgustdan 20-sentyabrga qadar tashkil etiladi. Ushbu bosqichda birinchi bosqichda g‘olib deb topilgan eskiz va dizaynlar asosida tayyor hunarmandchilik mahsulotlari yaratiladi.
Mahsulotlarni baholashda ularning sifati, ishlov berish mahorati, milliyligi, ixchamligi, turistlar uchun olib ketishga qulayligi va hamyonbopligi asosiy mezonlar hisoblanadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ko‘rik-tanlovda:
dizaynerlar;
rassomlar;
ijodkor yoshlar;
“Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov g‘oliblarining har biri 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish
Dizaynerlar uchun:
https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8
Arizalar 2026-yil 16-avgustga qadar qabul qilinadi.
Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7
Arizalar 2026-yil 20-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
“Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi milliy hunarmandchilik an’analarini zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirish, ijodkorlarning yangi g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish hamda O‘zbekistonning o‘ziga xos turistik sovg‘alari turini kengaytirishga xizmat qiladi.

Rasmlar
Video
O'xshash yangiliklar
7,7 million sayyoh va 3,9 milliard dollar eksport: O‘zbekistonda turizm jadal rivojlanishda davom etmoqda
12.08.2026
Namangan — tog‘ turizmi va unutilmas sarguzashtlar markazi sari
28.07.2026
Chust pichog‘i — qadimiy hunarmandchilikdan turistik brendgacha
14.07.2026
Yaponiyada ta’lim turizmi: ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar o‘rganilmoqda
14.07.2026
Zamonaviy va ozoda jamoat hojatxonalari — salomatlik va turizm rivoji uchun muhim infratuzilma
03.06.2026