Namangan — tog‘ turizmi va unutilmas sarguzashtlar markazi sari
Turizm
28.07.2026
Joriy yilda Namangan viloyatiga Germaniya, Italiya, Avstraliya, AQSH va Rossiya davlatlaridan tog‘ turizmi, hayking hamda kempingga qiziquvchi sayyohlar tashrif buyurdi.
Xorijiy mehmonlar Namanganning qorli cho‘qqilari, muzlik ko‘llari, go‘zal sharsharalari, betakror tabiiy manzaralari va mahalliy aholining samimiy mehmondo‘stligidan katta taassurot oldilar. Tog‘ yo‘nalishlari bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlar ularga viloyatning hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan tabiiy go‘zalliklarini yaqindan kashf etish imkonini berdi.
Ushbu sayohatlar mehmonlar uchun nafaqat faol dam olish, balki Namangan muhitini his qilish, tabiatning deyarli o‘z holicha saqlanib qolgan go‘shalarini ko‘rish, tog‘li hududlar aholisining an’anaviy turmush tarzi bilan tanishish va O‘zbekistonning yangi turistik yo‘nalishlarini kashf etish imkoniyati ham bo‘ldi.
Eng muhimi, bu — hali boshlanishi. Namangan viloyatida xalqaro darajadagi tog‘ va sarguzasht turizmini rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjud. Hududning rang-barang relyefi, tog‘ manzaralari, balandliklardagi salqin iqlimi, tabiiy ko‘llari va sharsharalari hayking, kemping, ekoturizm hamda faol dam olishning boshqa yo‘nalishlarini tashkil etish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Kelgusida yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, ekotropalar, hayking va kemping maskanlarini tashkil etish, shuningdek, turli sarguzasht turlarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bunda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash, turistik xizmatlar sifatini oshirish va hududning tabiiy salohiyatini xalqaro turizm bozorida keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali dunyoning yanada ko‘plab mamlakatlaridan sayyohlarni jalb etish, ularning viloyatda qolish muddatini uzaytirish hamda Namanganning hali to‘liq kashf etilmagan tabiiy boyliklarini jahon sayyohlik jamoatchiligiga namoyish etish maqsad qilingan.

Rasmlar
O'xshash yangiliklar
7,7 million sayyoh va 3,9 milliard dollar eksport: O‘zbekistonda turizm jadal rivojlanishda davom etmoqda
12.08.2026
“Uzbek Gift Contest”: milliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn uyg‘unligi
03.08.2026
Chust pichog‘i — qadimiy hunarmandchilikdan turistik brendgacha
14.07.2026
Yaponiyada ta’lim turizmi: ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar o‘rganilmoqda
14.07.2026
Zamonaviy va ozoda jamoat hojatxonalari — salomatlik va turizm rivoji uchun muhim infratuzilma
03.06.2026