Yaponiyada ta’lim turizmi: ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar o‘rganilmoqda

Turizm 14.07.2026
Yaponiyaga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida delegatsiya a’zolari mamlakatdagi ta’lim muassasalari faoliyati, zamonaviy pedagogik metodikalar hamda samarali boshqaruv tajribasi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimi, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini tashkil etish mexanizmlari, o‘quvchilarda axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan yondashuvlar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tajribasi o‘rganildi. Shuningdek, ilg‘or tajribalarni mahalliy ta’lim tizimiga moslashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Delegatsiya Funabashi Special Education School faoliyati bilan ham tanishdi. Mazkur muassasa intellektual rivojlanishida o‘ziga xos ehtiyojlari bo‘lgan hamda qo‘shimcha ta’lim ko‘magiga muhtoj bolalarni o‘qitish, ularning jamiyatga moslashuvi va mustaqil hayot ko‘nikmalarini shakllantirishga ixtisoslashgan. Tashrif davomida inklyuziv ta’lim dasturlari, individual yondashuv va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish usullari o‘rganildi.

Shuningdek, Takenedai Bunka Kindergarten xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga o‘yin orqali bilim berish, sog‘lom va xavfsiz rivojlantiruvchi muhit yaratish hamda tarbiyachilarning kasbiy faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘llanilayotgan usullar kuzatildi.

Bunday tashriflar ta’lim turizmini rivojlantirish, pedagog va mutaxassislar o‘rtasida xalqaro tajriba almashuvini kengaytirish hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Yaponiyaning ilg‘or ta’lim tajribasi, innovatsion yondashuvlari va samarali boshqaruv amaliyotlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Rasmlar