Zamonaviy va ozoda jamoat hojatxonalari — salomatlik va turizm rivoji uchun muhim infratuzilma
Turizm
03.06.2026
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-dekabrdagi 799-son qarori bilan ijtimoiy soha muassasalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yida joylashgan jamoat hojatxonalarining sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi.
Mazkur hujjat “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholining yashash sifati va salomatligini yaxshilash, shuningdek, turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Qarorga muvofiq, 2026–2027-yillar davomida ijtimoiy soha obyektlari, umumiy ovqatlanish maskanlari hamda viloyatlararo avtomobil yo‘llari bo‘yidagi jamoat hojatxonalari bosqichma-bosqich ta’mirlanadi, rekonstruksiya qilinadi va zamonaviy talablar asosida yangidan barpo etiladi.
Shuningdek, jamoat hojatxonalari uchun amaldagi sanitariya qoidalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, energiya va suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish hamda zamonaviy muqobil sanitariya yechimlaridan foydalanish nazarda tutilgan.
Qarorda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari tomonidan sanitariya holati yuzasidan bildiriladigan taklif va fikrlar muntazam o‘rganib boriladi.
Bugungi kunda zamonaviy, toza va qulay jamoat hojatxonalari nafaqat sanitariya madaniyatining muhim ko‘rsatkichi, balki hududlarning turizm salohiyati hamda investitsion jozibadorligini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sayyohlar ko‘p tashrif buyuradigan maskanlarda sanitariya infratuzilmasining talab darajasida tashkil etilishi mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur qarorning amaliy ijrosi natijasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanadi, sanitariya-gigiyena madaniyati yuksaladi hamda ichki va tashqi turizm uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi.
Toza muhit, yuqori sanitariya madaniyati va zamonaviy infratuzilma — sog‘lom jamiyat hamda barqaror rivojlanishning muhim kafolatidir.

Rasmlar
O'xshash yangiliklar
7,7 million sayyoh va 3,9 milliard dollar eksport: O‘zbekistonda turizm jadal rivojlanishda davom etmoqda
12.08.2026
“Uzbek Gift Contest”: milliy hunarmandchilik va zamonaviy dizayn uyg‘unligi
03.08.2026
Namangan — tog‘ turizmi va unutilmas sarguzashtlar markazi sari
28.07.2026
Chust pichog‘i — qadimiy hunarmandchilikdan turistik brendgacha
14.07.2026
Yaponiyada ta’lim turizmi: ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar o‘rganilmoqda
14.07.2026